28-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida mutaxassislarning huquqiy bilimini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.O‘tkazilgan tadbir doirasida vazirlikning bosh yuriskonsulti K.O‘tepov tomonidan 2024-yil 22-oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-981-sonli Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

 

Tadbir davomida vazirlik mutaxassislari Qonunning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

 

 

 

 

Shundan so‘ng mutaxassislarning siyosiy bilim va malakasini oshirishga qaratilgan «Siyosiy ma’rifat soati» bo‘lib o‘tdi.Unda soha mutaxassislari mamlakatimizda va xorijda ro‘y berayotgan eng muhim bo‘lgan so‘nggi yangiliklar mazmuni bilan yaqindan tanishdi.

 

 

 

 

Haftaning har juma kuni o‘tkaziladigan «Siyosiy-ma’rifat soati» mutaxassislarning kasbiy bilim va ilmiy tajribasini oshirish bilan birga, yangilangan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini muntazam ravishda shakllantirishga imkon yaratadi.