Xo‘jaylida olma bog‘larini yangilash va daraxtlarni dorilash ishlari davom etmoqda

Xo‘jayli tumanida bahorgi agrotexnik tadbirlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Hududda bog‘dorchilikni rivojlantirish, meva yetishtirish hajmini oshirish hamda mavjud bog‘larni parvarishlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Sarishingul ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Xo‘jayli Bovurjon” fermer xo‘jaligida 2 gektar maydonda yangi olma ko‘chatlari ekilmoqda. Mazkur ishlar hududda intensiv bog‘larni kengaytirish va meva yetishtirish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Oybek massivida joylashgan “Nukus Agro City” MChJga qarashli 5,5 gektar olma bog‘ida daraxtlarni dorilash ishlari olib borilmoqda. Agrotexnik tadbirlar bog‘larni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, hosildorlik va mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan.