Lolazor mahallasi tuman markaziga yaqin hudud bo‘lib, jami aholining 1.500 nafarini yoshlar tashkil etadi. Yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida PQ-153 son qarorga asosan 15 nafar yoshlarga 30 sotixdan 30-yilga ijara shartnomasi asosida ekish uchun yer berilgan. Hozirda mazkur yerlarda qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilib, yoshlar daromadga ega bo‘lib kelmoqda. Javoxir Baltabayev 2024-yili olgan yeridan samarali foydalanib, tarvuz va sabzi ekib o’z vaqtida agrotexnikasi bilan shug’ullanib kelmoqda. Bu yilgi hosildan yaxshi daromad ko’zlagan qahramonimizga hirmon barakali bo’lsin deymiz.