Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan Oziq-ovqat xavfsizligi axborot tizimi işlab çiqilgan bölib, uşbu tizim dastlab tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Samarqand viloyatida joriy etilişi belgilangan.
Bugun Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligida tumanlarning oziq-ovqat xavfsizligi böyiça mas’ul mutaxassislari iştirokida videokonferensiya şaklida seminar taşkil etildi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirining oziq-ovqat xavfsizligi va qişloq xöjaligida iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça örinbosari Mahmud Muxanov, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligining Oziq-ovqat xavfsizligi balansi va narxlar tahlili boşqarmasi boşliği Nursulton Kayupov, şuningdek, tumanlarning oziq-ovqat xavfsizligi böyiça mas’ul mutaxassislari iştirok etdi.
Seminar davomida mutaxassislarga yangi axborot tizimidan foydalaniş mexanizmi, ma’lumotlarni kiritiş va şakllantiriş tartibi batafsil tuşuntirildi.
Bu tizim orqali tuman mutasaddilari monitoring olib boriladigan dehqon bozorlarini tanlaydi. Şundan söng tizim avtomatik tarzda oziq-ovqat mahsulotlari röyxatini şakllantiradi. Mas’ul xodimlar esa har kuni mahsulotlar narxlari böyiça tegişli ma’lumotlarni tizimga kiritib boradi.
Baholar monitoringi uçta asosiy yönalişda amalga oşiriladi: – işlab çiqaruvçi bahosi; – ulgurji savdo narxi; – dehqon bozoridagi çakana sotiş narxi. Agar monitoring jarayonida ma’lum bir mahsulot bozorda yöq bölsa, mas’ul xodim tizimda «Mahsulot yöq» belgisini, bozor işlamayotgan holatda esa «Bozor yopiq» belgisini tanlaydi.
Uşbu axborot tizimini joriy etişdan asosiy maqsad oziq-ovqat mahsulotlari narxlari ustidan tizimli monitoring olib boriş, narxlarning sun’iy ravişda oşib ketişining oldini oliş, aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlaş hamda ayrim mahsulotlar böyiça yuzaga kelişi mumkin bölgan taqçillikni erta aniqlaş va uning oldini oliş çoralarini körişdan iborat.
Şuningdek, tizim orqali şakllantiriladigan kunlik ma’lumotlar oziq-ovqat bozoridagi joriy holatni tezkor tahlil qiliş, narxlar dinamikasini kuzatib boriş va tegişli çora-tadbirlarni öz vaqtida belgilaş imkonini beradi.
