2025-yil hosilini ta’minlashga qaratilgan seminar

Amudaryo tumanining «Oq Oltin» ovul fuqarolar yig’inida joylashgan «Yakupova Gavhar» fermer xo’jaligida 2025-yil hosili uchun chigit ekilgan maydonlarda qator orasiga ishlov berish, chuqur yumshatish, oziqlantirish va suspenziya sepish ishlarini uyushqoqlik bilan tizimli tashkil etish bo’yicha agrotexnik tadbirlarga bag’ishlangan seminar o’tkazildi.

Seminarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Sh.Teshayev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining komitet boshlig’i A.Jumanazarov, O’zagroinspeksiyaning Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasining boshlig’i A.Yusupov, tuman hokimi S.Xo’jametov va fermer xo’jaliklari boshliqlari qatnashdilar.

Seminar davomida 2025-yil hosili uchun muhim bo’lgan agrotexnik tadbirlar, jumladan, qator orasiga ishlov berish, chuqur yumshatish, oziqlantirish va suspenziya sepish ishlarini samarali tashkil etish bo’yicha muhokamalar olib borildi. Tajribali mutaxassislar tomonidan berilgan maslahatlar fermerlarga o’z xo’jaliklarida hosildorlikni oshirish, sifatli hosil olish va o’simliklarni kasalliklardan himoya qilishda katta yordam beradi.

Sh.Teshayev tomonidan qishloq xo’jaligi sohasida davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan dasturlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Seminar davomida fermer xo’jaliklari boshliqlari o’z tajribalari bilan o’rtoqlashib, o’z xo’jaliklarida qo’llaniladigan turli agrotexnik usullar va texnologiyalar haqida so’zladilar.