Beruniy tumanida g‘alla ekish ishlari davom etmoqda

Beruniy tumani “Guliston” MMTP hududida joylashgan “Undirish minerali” MChJda joriy yilgi g‘alla ekish ishlari agrotexnik talablar asosida olib borilmoqda.

Ekish jarayonida 1 gektar maydonga 400 kilogramm g‘alla urug‘i hamda 20 kilogramm ammofos mineral o‘g‘iti me’yorida qo‘llanilmoqda. Urug‘likning belgilangan me’yorda va sifatli ekilishi natijasida dalada tekis va zich nihollar olish, o‘simliklarning bir maromda rivojlanishini ta’minlash hamda kelgusida yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun zarur sharoit yaratilmoqda.

G‘alla ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.