Davlat xizmatchilarining xizmat odobi va ma’naviy-ma’rifiy mas’uliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha maslahatchisi Muzrob Mavlonov ishtirokida vazirlik apparati xodimlari hamda hududiy bo‘linmalar vakillari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishning asosiy e’tibori davlat xizmatchilarining xizmat odobi, muomala madaniyati, jamiyatdagi yurish-turish qoidalariga rioya etishi hamda fuqarolar bilan muloqot jarayonida yuksak kasbiy va axloqiy me’yorlarga amal qilishi masalalariga qaratildi.
Tadbir davomida davlat xizmatchisi nafaqat xizmat vazifalarini, balki jamiyat oldidagi mas’uliyatini ham chuqur anglashi, o‘zining xatti-harakati, muomalasi va kasbiy madaniyati bilan davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashi zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, oldinda turgan paxta yig‘im-terimi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish, mavsum davomida davlat xizmatchilarining xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi, mehnat jamoalari va aholi bilan samarali hamda madaniyatli muloqot olib borishi yuzasidan muhim vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining oziq-ovqat xavfsizligi hamda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Maxmud Muxanov, vazirlik apparati xodimlari ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tumanlaridagi qishloq xo‘jaligi bo‘limlari xodimlari esa yig‘ilishda videokonferensiya aloqa tizimi orqali ishtirok etdi.
Tadbir yakunida davlat xizmatchilarining xizmat intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish borasidagi mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
